“Barsa” Angliyadagi o‘yinchini nishonga oldi
“Barselona” sport direktori Deku jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida 2026 yilda bir necha transferlarni amalga oshirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyaning o‘ng qanotini mustahkamlashni so‘ragan. Ayni paytda klub skautlari bu pozitsiyaga taklif etilishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzmoqda.
“Barselona”rejasini amalga oshirish uchun Evropa bozorini diqqat bilan kuzatmoqda va o‘ng qanotga jismonan kuchli, himoyada ishonchli o‘ynay oladigan va qanot bo‘ylab samarali hujum uyushtirish qobiliyatiga ega o‘yinchi qidiryapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” mutasaddilari nigohiga “Kristal Pelas”da o‘ynayotgan Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Daniel Munos tushgan.
Munos Kolumbiyada “Rionegro Agilas” va “Atletiko Nasonal” jamoalarida o‘ynagan. Evropaga 2020 yili kelib, Belgiyaning “Genk” jamoasidan qo‘nim topgan. “Kristal Pelas” uni 2024 yilning yozida 8 million evroga transfer qilgan edi.



Fikrlar