
“Barsa” Angliya grandiga o‘z to‘purari narxini aytdi
Evropa matbuotining yozishicha, “Chelsi” Ispaniya chempionatida porlayotgan Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
“Barselona” rahbariyati “aristokratlar”ning qiziqishini inobatga olib, braziliyalik hujumkor futbolchiga narx belgiladi.
“Chelsi” Rafinya uchun “Barselona”ga 85 million evro taklif qilgani aytilmoqda. Biroq bu summa ispan grandini qoniqtirgani yo‘q.
Kataloniyaliklar 27 yoshli o‘yinchini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi.
Rafinya “Barselona”ga kelgunga qadar ikki mavsum davomida Angliya chempionatida “Lids Yunayted” jamoasi sharafini himoya qilgan. Kataloniyaliklar bu o‘yinchi uchun 58 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar