“Barsa” afsonasi firibgarlik qildimi?

  • 11 noyabr, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchilaridan biri Andres Inesta jiddiy muammoga duch keldi.

Tecno

Peru prokuraturasi uni og‘irlashtiruvchi holatlardagi firibgarlikda gumonlamoqda, deb xabar bermoqda El Espanol nashri.

Prokuratura ispaniyalik futbolchini moliyaviy firibgarlikda ishtirok etib, bir nechta mahalliy tadbirkorlarga 518 ming evrodan ortiq zarar etkazilganlikda  ayblayapti.

Ziyon ko‘rgan tadbirkorlar Inesta rahbarlardan biri bo‘lgan Never Say Never Barcelona kompaniyasini Janubiy Amerikada turli sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortishga urinyapti.

Andres Inesta Ispaniya terma jamoasi tarkibida ikki karra Evropa chempioni va jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!