“Barsa”, “Real” va “Siti” hali nomi chiqmagan o‘yinchini talashyapti
Ispaniya chempionatida “Jirona” sharafini himoya qilib kelayotgan 20 yoshli Arnau Martines faoliyatini grand klublardan birida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
O‘ng qanot himoyachisi ayni paytda “Real”, “Barselona” va “Manchester Siti” nishonida turibdi.
Arnau Martines universal himoyachilardan hisoblanadi. U himoya markazi va o‘ng qanot yarim himoyasida ham ishonchli o‘yin namoyish qiladi.
Mutaxassislar bu o‘yinchi uchun kurashda Xosep Gvardiola jamoasining imkoniyatini yuqori baholamoqda. Chunki “Jirona” ham “Manchester Siti” kabi City Group korporatsiyasiga tegishli.
Transfermarkt portali “Jirona” tarbiyalanuvchisini 15 million evroga baholayotgani boshqa jamoalarning ham qiziqishiga sabab bo‘lishi mumkin.



Fikrlar