“Barsa”, ko‘rpangga qarab oyoq uzat!

  • 9 sentabr, 06:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” jamoaning asosiy to‘purari Robert Levandovski bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Polshalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

Tecno

Garchi tomonlarda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘lsa-da, kataloniyaliklar yoshi o‘tib qolgan hujumchini qo‘yib yuborishga qaror qildi.

Sport.es nashrining yozishicha, “Barselona” sport direktori Deku kelasi mavsum oldidan 37 yoshli to‘purar o‘rniga boshqa hujumchi olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar uch futbolchi nomi ko‘rsatilgan ro‘yxat shakllantirdi. Deku yozgi transferlar davrida yaqinda “Nyukasl”dan “Liverpul”ga o‘tgan Aleksandr Isaak, “Atletiko”da porlayotgan Xulian Alvares va “Manchester Siti” bilan xali to‘qqiz yillik shartnomasi bor Erling Xoland kabi forvardlardan birini   “Barselona”ga olib kelmoqchi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu o‘yinchilarni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki “Barselona” katta xaridlarni amalga oshirishi uchun eng avval moliyaviy muammolarini bartaraf etishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!