
“Chelsi” transferi barbod bo‘lgan futbolchini yana sotuvga qo‘ydi
“Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida klubni birinchilardan bo‘lib tark etadigan o‘yinchi nomini ma’lum qildi.
Klub markaziy himoyachi Trevo Chaloba bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi jamoada qolib, asosiy tarkibga kirish uchun kurashmoqchi. Chunki Chalobaning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Aslida 24 yoshli futbolchiga o‘tgan yili A Seriyaning bir necha jamoalaridan taklif bo‘lgandi. Qolaversa, “Bavariya” ham Chalobani o‘z safiga qo‘shib olishga uringan. Biroq Trevo jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgach, transfer barbod bo‘lgandi.
Fikrlar