
«Barclays Center» azaliy raqiblar kuch sinashadi
Milliy xokkey ligasi tomonidan o‘tkaziladigan chempionatning navbatdagi tur uchrashuvlarida Toronto "Air Canada Centre" sport majmuasida "Tampa-Bey"ni qabul qilsa, «Barclays Center»ga yig‘ilgan muxlislar "Aylenders" – "Boston" jamoalari uchrashuvi guvohiga aylanishadi.
"Filadelfiya" o‘z maydonida “Pittsburg”ni sinovdan o‘tkazsa, “Karolina” jamoasi “Vashington” klubini «RBC Center» muz saroyida kutib oladi. Shuningdek, chempionatda “Monreal” – “San-Xose”, “Sent-Luis” – “Nyu-Jersi”, “Minnesota” – “Florida”, “Dallas” – “Kolambus”, “Kolorado” – “Vinnipeg”, “Edmonton” – “Los-Andjeles” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar