
Barchasi hal! Mbappe bir qarorga keldi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe mavsum so‘ngida jamoani tark etadigan bo‘ldi.
Ispan OAVning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi yakuniy qarorini qabul qilib ulgurgan. Unga ko‘ra, Mbappe faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettiradi. Avvalroq, parijliklar prezidenti Nosir Al-Helayfi Kilianga tezroq bir to‘xtamga kelish shartini qo‘ygandi.
"Pari Sen-Jermen"da o‘z yulduzini olib qolish uchun deyarli imkon qolmadi. Boisi, Mbappe kattaroq klub safiga o‘tib, ko‘proq narsaga erishmoqchi. Uni fikridan faqatgina bir narsa qaytarishi mumkin - PSJ bilan Evropa Chempionlar ligasida zafar quchish.
23 yoshli hujumchi 2017 yilda "Monako"dan parijliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 205 o‘yin o‘tkazib, 156 gol va 78 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar