Barbozaning goli "Flamengo"ni 3 karra Libertadores kubogi sohibiga aylantirdi

  • 30 oktabr, 2022, 14:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Libertadores kubogi final uchrashuvi doirasida Braziliyaning ikki jamoasi "Flamengo" va "Atletiko Paranaense" klublari kurash olib bordi. Unda "Flamengo" kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi va 3 karra kubok sohibiga aylandi. 

O‘yindagi yagona gol Gabriel Barboza nomiga qayd etildi. Shuningdek, bellashuvning 43-daqiqasida Pedro Enrike qizil kartochka olib, "Atletiko"ning 1 kishi kam bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lib qoldi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Flamengo" bundan oldin 1981 va 2019 yillarda Janubiy Amerikaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida zafar quchgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!