
Bankrot bo‘lgan Superliga chempionining eng mashhur futbolchisi: Xo‘jayinlarning hammasi yolg‘onchi
Xitoyning “Tszyansu” klubi o‘tgan yilning noyabrida mamlakat Superligasida g‘olib chiqqan edi. Ammo kuni kecha jamoa o‘zining bankrotligi va faoliyatini tugatgani haqida rasman e’lon qildi. Ushbu jamoa sharafini himoya qilgan Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Eder quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Suning futbolga boshqa investitsiya kiritmaydi. Ular barcha xodimlarga va futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik qilishdi. Ular bizni maoshsiz qoldirdi va boshqa jamoaga o‘tishimizga ham imkon bermadi.
Klub xo‘jayinlarining hammasi yolg‘onchi. Biz hatto Xitoy Superligasini yutdik, lekin buning uchun munosib muomala olmadik. Suning bankrot bo‘lganini tushunar edim, ammo bundan munosabatni tushuna olmayapman. Sport direktori muntazam ravishda bizni aldab keldi va va’dalarini bajarmadi”, - dedi Eder.
Fikrlar