Banashak: "Biz chempion jamoamiz, 5 ta gol urganimizdan xursandman!"

  • 6 fevral, 2023, 14:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aqsu” jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida bitta gol va assist qayd etgan Pshemislav Banashak o‘yinga oid fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bu o‘rtoqlik o‘yini edi, shunday bo‘lsa-da, 5 ta gol urganimizdan xursandmiz. Bizda yana ko‘proq to‘p kiritish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Bugun qo‘polliklar va kartochkalar ham ko‘p bo‘ldi, bu futbol. Mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirayotganimizni unutmaslik kerak.

"Paxtakor"da o‘ynayotganimdan baxtiyorman. Bizda yaxshi jamoa mavjud. Yangi mavsumga yaxshi hozirlik ko‘rishga intilyapmiz. Biz chempion jamoamiz. Harakatlarim bilan har bir o‘yinda g‘alabaga yordam berishga urinaman", - dedi polshalik hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" - "Aqsu" uchrashuvida 5:2 hisobi qayd etildi va unda "sherlar" g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!