
Balotellining jamoasida Ronalduga joy topilmadi
“Milan” va “Manchester Siti” klublarida to‘p surgan italiyalik hujumchi Mario Balotelli o‘z talqiniga ko‘ra futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan iborat ramziy jamoasini tuzib chiqdi.
Darvozabon: Xulio Sezar
Himoyachilar: Maksvell, Fabio Kannavaro, Alessandro Nesta, Maykon
Yarim himoya: Yaya Ture, Stiven Jerrard, Andrea Pirlo
Hujumchilar: Ronaldo, Lionel Messi, Antonio Kassano
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Balotelli ayni damda Shveytsariyaning "Sion" klubida to‘p surmoqda. U joriy mavsum chempionat doirasida 5 ta gol urdi.
Fikrlar