
Balotellidan gol, Oleg Zoteev esa to‘liq o‘ynadi
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasida 11-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Oleg Zoteev to‘p surayotgan “Chonnam Dragons” bu safar mehmonda “Kyonnam”ga qarshi bahs olib bordi.
Zoteev mazkur o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirildi va bahsni to‘liq o‘tkazdi. Uchrashuv uning jamoasi foydasiga hal bo‘ldi – 0:2. Avvaliga Jang Sook Xyung 51-daqiqada hisobni ochdi. Jonatan Balotelli 90+1-daqiqada penaltidan gol urib, o‘yin taqdirini hal qildi. Legionerimiz esa, murabbiylar ishonchini oqlab, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Chonnam Dragons” 19 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi Oleg Zoteev jamoasi navbatdagi turni 17 may kuni o‘z maydonida “Ansan Griners” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar