
Balotelli: Men Ibragimovichdan yaxshiroq edim
"Breshiya" klubi forvardi Mario Balotelli shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan qanday tanishganini aytib berdi. Aytish kerakki, ular o‘z vaqtida "Inter"da birga to‘p surishgan.
“Yoshligimda Zlatan menga hech qachon asosiy jamoada mashg‘ulot o‘tkazmasligimni aytgan. U menga “Inter”da o‘ynashga qodir emassan degan. Keyinchalik esa u agent Mino Rayolaga borib, meni olib ketishni so‘ragan. Chunki men undan yaxshiroq edim”, - deydi italiyalik futbolchi.
Balotelli “Inter”dagi faoliyati davomida 86 ta o‘yinda maydonga tushgan va 28 ta gol hamda 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ibragimovich esa 117 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 66 ta gol hamda 29 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar