Balotelli A Seriyada o‘ynashi uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘lishi kerak

  • 23 iyun, 2019, 00:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli hujumchiga “Fiorentina” va “Parma” klublari qiziqish bildirishmoqda. Biroq, ushbu jamoalarni futbolchining yuqori maoshi (4 mln evro) o‘ylantirmoqda.

Endi Balotelli ushbu jamoalardan biri bilan shartnmoa imzolagi uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘lishi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli ayni damda “Marsel” futbolchisi hisoblanadi. Ammo, 30 iyun kuni tomonlar o‘rtasidagi kelishuv o‘z nihoyasiga etadi va futbolchi erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!