Balde: "Osasuna"ga qarshi o‘yin juda qiyin kechdi"

  • 14 dekabr, 01:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" jamoasining chap qanot himoyachisi Alexandro Balde La Liganing 17-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi bahsdan (2:0) so‘ng g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Tecno

Uchrashuvda "ko‘k-anorranglilar" vingeri Rafinya dubl muallifi bo‘ldi.

— O‘yin juda qiyin kechdi. "Osasuna" tartibli himoya qiladi, deyarli bo‘sh hudud qoldirmaydi, shuning uchun vaziyatlar yaratish oson bo‘lmadi. Yaxshiyamki, sabr qildik, to‘g‘ri qarorlar qabul qildik va ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Har bir o‘yinda maqsad sari olg‘a intilishda davom etyapmiz, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik himoyachi. 

Ayni paytda "Barselona" turnir jadvalida Madridning "Real" jamoasini 7 ochkoga ortda qoldirib ketmoqda. "Qirollik klubi" o‘z uchrashuvini yakshanba kuni o‘tkazadi, ularning raqibi "Alaves" bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!