Bahrom Haydarov: "O‘ylaymanki, natija o‘yinga yarasha bo‘ldi"

  • 8 noyabr, 19:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” (0:0) bahsidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov quyidagilarni aytdi:

Tecno

- Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. “Paxtakor”ni hamma biladi, chempionlikka kurashayotgan jamoa. O‘yindan oldin tarkibini ko‘rdik, hattoki, zaxirasi ham chempionlikka kurasha oladigan futbolchilar bilan bir xil. Futbolchilarga o‘yindan oldin maydonni har bir joyida mehnat qilsak, kurashsak natijaga erishish mumkinligini aytdik. Shunga yarasha har bir o‘yinchimiz maydonda borini berdi. Tan olishimiz kerak, “Paxtakor” o‘yin davomida ko‘proq tashabbusga ega bo‘ldi. Lekin darvozabonimizdan tortib zaxiradan maydonga tushganlargacha hamma borini berdi, barcha o‘z vazifasini to‘liq bajardi, deb o‘ylayman. Albatta, bizda bir-ikkita vaziyatlar bo‘ldi. Shunday o‘yinlar bo‘ladiki, kuchli raqibga qarshi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz, g‘alabani ilib ketishimiz ham mumkin edi. Oldingi chiziqda futbolchilarda biroz o‘zlariga ishonch etishmadi, hayajon bo‘ldi. O‘ylaymanki, natija o‘yinga yarasha bo‘ldi. Hozirgi kunda bir ochko ham bizga kerak edi. Yutqazib qo‘yshimiz ham, yutishimiz ham mumkin edi. Bu uchrashuvda xursand emasman-u, ammo qoniqdim.

- Ko‘p o‘yinlarda Haydarov bilan Datsi tandem sifatida maydonga tushishayotgandi. Nimagadir bugun Abdug‘ofur o‘zi hujumda tushdi. Qolaversa, Shoxruh Gadoev nega qaydnomada yo‘q edi?

- Gadoev o‘tgan uchrashuvda yoqimsiz jarohat oldi. Davolanyapti. Keyingi uchrashuvlarga maydonga tushsa kerak. Shuning uchun majbur bo‘ldik. Uni ham yordami tegishi aniq edi. Datsiga kelsak, uni ham kichkinagina jarohati bor. Bor kuchi bilan o‘ynay olmaydi. Uchrashuvdan kelib Javohir Xusanovni oldingi chiziqda to‘pni yaxshi ushlashini inobatga olib, uni maydonga tushirdik. Keyin esa oxirshi 15-20 daqiqaga Datsini tushirdik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!