Bahrom Haydarov: "Jamoamga rahmat, bosimga dosh bera oldik"

  • 22 noyabr, 00:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» - «Qo‘qon-1912» (0:0) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etib, Samarqanddagi natijadan qoniqqanini aytib o‘tdi.

Tecno

«Umuman olganda, «Dinamo» jamoasini butun O‘zbekistonda hamma biladi – ular to‘pni o‘zida saqlab, kombinatsion va hujumkor o‘ynaydi. Futbolchilari ham shunga mos yig‘ilgan. Shu bois biz zich himoyalanashimiz shart edi. Fikrimcha, buni uddalay oldik. Medallar uchun kurashayotgan «Dinamo»ga g‘alaba suv va havodek muhimligini bilgan holda harakat qildik. Jamoamga rahmat, bugun bosimga dosh bera oldik. Chiroyli o‘yin namoyish etadigan raqibga qarshi safarda durang qayd etish biz uchun g‘alabaga teng. Bir ochko yaxshi natija bo‘ldi, endi so‘nggi turda «So‘g‘diyona» bilan o‘yinga bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Samarqanddagi o‘yin oldidan Farg‘ona viloyati hokimi bilan uchrashuv? Ha, uchrashdik, biz ham Farg‘ona jamoasimiz, hamma jamoalar yuqori maqsadlar qo‘ymoqda, bizga ham kelasi yil sovrindor bo‘lish vazifasi qo‘yildi. Avvalo bu yil asosiy vazifa – Superligada rasman qolishni uddalashimiz kerak, keyin yangi mavsum haqida o‘ylaymiz», - dedi qo‘qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘yindan keyin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!