Bahrom Abdurahimov AGMKni tark etdi. Uning yangi klubi "Navbahor"mi?

  • 16 yanvar, 2021, 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili AGMK safida to‘p surgan Bahrom Abdurahimov kutilmaganda jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. To‘g‘ri, u AGMK bilan 2020 yilgi mavsumda bir yillik shartnoma imzolagandi va amaldagi bitim nihoyasiga etgandi.

Tecno

Shunga qaramay, uning joriy chempionatni ham yana olmaliqliklar safida o‘tkazishi kutilayotgandi. Biroq futbolchi rejasini o‘zgartirdi. U o‘tgan mavsumda Superliga bahslarida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urgan.

Ma’lum bo‘lishicha, andijonlik yarim himoyachiga “Navbahor”dan jiddiy taklif tushgan. U yangi mavsumni namanganliklar safida o‘tkazadimi yoki boshqa klubdami, buni tez orada bilib olamiz.

Abdurahimov faoliyati davomida shu kunga qadar "Andijon", "Paxtakor", "Nasaf", "Metallurg" va AGMK klublarida to‘p surgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!