Bahrayn-2025. Hamyurtlarimiz kunni 11 ta medal bilan yakunladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi bahslarni muvaffaqiyatli tugatdi. Kun davomida sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Oltin:
- Avaz Anvarov (MMA, -50 kg)
- Ahadjon Muxtorov (taekvondo WT, -73 kg)
- Rushanaxon Ravshanova (taekvondo WT, -55 kg)
Kumush:
- Ibrohim Botirov (MMA, -55 kg)
Bronza:
- Kamronbek Qodirov (MMA, -65 kg)
- Abdulboriy Abdug‘ofurov (MMA, -70 kg)
- Shodiyona Rahmonova (engil atletika, 400 metrga to‘siqlar osha)
- Abdurahmon Mamajonov (engil atletika, uzunlikka sakrash)
- Doston Abduvaliev (muay-tay, -45 kg, U15)
- Shahruz Davronov (muay-tay, -45 kg, U15)
- Jasmina Ochilova (muay-tay, -45 kg, U15)
Ayni paytda delegatsiyamiz 9 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan Xitoydan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.



Fikrlar