Bahrayn-2025: Engil atletika bahslarida 4 ta medal qo‘lga kiritildi
O‘zbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar o‘yinlarida navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi. Bugun o‘tkazilgan engil atletika bellashuvlarida hamyurtlarimiz Nazmina Rahimjonova oltin, Muhammadaziz Nosirov hamda Shahzodbek Xolmurodov kumush, Shodiyona Rahmonova esa bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
- Nazmina Rahimjonova (1500 metr)
Kumush:
- Muhammadaziz Nosirov (bosqon uloqtirish)
- Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash)
Bronza:
- Shodiyona Rahmonova (100 metrga to‘siqlar osha)



Fikrlar