Bahrayn-2025. Boksda hozircha 2 ta medal qo‘lga kiritdik!

  • 30 oktabr, 16:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarining boks sport turida bugun final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.  

Tecno

-46 kg vaznda hamyurtimiz Abdug‘ani Yorqinjonov qozog‘istonlik Arman Mirsabitni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. 

Yana bir yurtdoshimiz Qumriniso Muhammadova -54 kg vaznda o‘tkazilgan finalda, hindistonlik Chandrika Pujariga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni yana 6 nafar bokschimiz ishtirokidagi final janglari kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!