Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi aniq. Promouteri buni ma’lum qildi!

  • 28 oktabr, 2022, 08:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan, Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibiga oydinlik kiritildi. Avvalroq, yurtdoshimiz AQSh vakili Kurtis Xarperga (14-8,9KO)qarshi jang qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. 

Tecno

Sports.uz sayti bunga yanada aniqlik kiritish maqsadida Jalolovning promouteri Lou DiBella bilan bog‘langanida, u ham buni tasdiqladi.

"Ha. Biz boshqa yaxshiroq raqiblarga ham harakat qildik. Ularning ko‘pchiligi jangni rad etdi. Xarper qabul qilganlarning (Xarper, Kasumano, Aguilera) ichida eng yaxshisi edi. Xarperning xali mag‘lub bo‘lmagan, germaniyalik Kristian Sunga qarshi jangdagi g‘alabasi ham ajoyib bo‘lgan edi",- dedi DiBella saytimiz xodimi bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!