Bahodir Jalolov "Rio-2016" dagi mag‘lubiyat uchun qasos olishi mumkin!

  • 31 yanvar, 17:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bahodir Jalolov "Rio-2016" da mag‘lub bo‘lgan raqibi bilan revansh o‘tkazish niyatida.

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, superog‘ir vaznli Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) britaniyalik Jo Joys (16-3, 15 KO) bilan revansh jangini o‘tkazish istagi borligini ma’lum qildi.

Bu ikki bokschi 2016 yili Rio-de-Janeyro (Braziliya)da bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining chorak finalida to‘qnash kelgandi. O‘sha jangda Joys ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Endi bu qarama-qarshilik prof boksda davom etishi mumkin.

"Agar shunday jang o‘tkazilsa, biz faqatgina xursand bo‘lamiz! Men katta janglarga tayyorman, lekin ungacha yana bir yoki ikkita jang o‘tkazib olishim kerak. Ko‘proq raund o‘tkazishim lozim. Havaskor sifatidagi faoliyatimni tugatdim. Yana bir yoki ikkita bahsdang so‘ng istalgan raqib bilan jang qilishim mumkin" - dedi Jalolov.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida frantsiyalik Devid Spilmontga qarshi jang o‘tkazadi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!