
Bahodir Jalolov: Davlatimiz rahbarining oldida 10 ta Olimpiada medalini yutgandek bo‘ldim
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun dastlabki kungi final janglari bo‘lib o‘tdi.
+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi.
Ilk raundda Alexandro Arzola Lopes Bahodir Jalolovning zarbasidan so‘ng jangni davom ettira olmaydigan bo‘ldi. Shu tariqa, jang muddatidan avval yakunlandi. Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz oltin medali va 200 ming dollarga ega chiqdi.
Jangdan keyin Bahodir Jalolov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ikki karra jahon chempioni bo‘lganimdan hursandman. Bu - yurtimizda muxlislarimiz oldida ro‘y bergani ajoyib. Davlatimiz rahbarining oldida 10 ta Olimpiada medalini yutgandek bo‘ldim.
To‘g‘risi, dzyudochi Davlat Bobonovni Prezidentimiz qo‘lidan oltin medal olganini ko‘rganimda juda ham havas qilganman. Shunda yurtboshimiz oldida jahon chempioni bo‘lish bizga ham nasib qilsin, deb yaxshi niyat qilgandim. Allohga shukr niyatimga etdim, - dedi Bahodir Jalolov.
Fikrlar