
Badiiy gimnastika. Terma jamoamiz jahon chempionatini 7-o‘rinda yakunladi
Bolgariyada badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati yakuniga etdi. MOQ matbuot xizmati ushbu musobaqaga oid e’tiborli faktlarni keltirib o‘tdi.
Jumladan, terma jamoamiz yakkalik bahslarida 2 ta kvota, shuningdek, guruh mashqi dasturida kelasi yil Valensiyada o‘tadigan JChga yo‘llanma oldi. 2023 yilgi dunyo birinchiligida Parij-2024 litsenziyalari o‘ynaladi.
Taxmina Ikromova bulava mashqida 4, ko‘pkurashda 11-natijani qayd etdi.
Barcha dasturlar yig‘indisi bilan hisoblanganda, jamoamiz ettinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar