Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova jahon kubogining yakuniy bosqichida shohsupaga ko‘tarildi

  • 24 iyun, 2024, 13:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika
BEPUL PROPAN

21-23 iyun kunlari Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tamxina Ikromova 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, yurtdoshimiz mazkur medallarga halqa va to‘pdagi mashqlarda egalik qildi. Shuningdek, u ko‘pkurash va tasma bilan mashq yo‘nalishlarida ham kuchli sakkiztalikdan joy olib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rayotganini namoyish etdi.

To‘p:
Oltin - Darya Varfolomeev (Germaniya) – 35.650 ball
Kumush - Safiya Rafaelli (Italiya) – 35.350
Bronza - Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 34.400

Halqa:
Oltin - Zilu Vang (Xitoy) – 35.100
Kumush - Alina Xarnasko (Neytral sportchi) – 34.250
Bronza - Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 34.100

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!