
Badiiy gimnastika. Hamyurtimiz jahon chempionatida 4-o‘rinni egalladi
Bolgariyada o‘tayotgan jahon chempionatida hamyurtimiz Taxmina Ikromova bulava mashqining final bosqichida ishtirok etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, samarqandlik sportchimiz dasturini yuqori mahorat bilan namoyish etgan bo‘lsa ham, yakunda shohsupaga bir pog‘ona etmadi. Ikromova bu dasturda 31.550 ball bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
1. Darya Varfolomeeva (Germaniya) – 33.550
2. Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 32.600
3. Sofiya Rafaeli (Italiya) – 31.850
4. Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31.550























Fikrlar