
Badavlat “Real” atigi 120 ming evroga yangi o‘yinchi oldi
”Real” rahbariyati “Leganes” bilan himoyachi Lamini Fati transferi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lamini Fati Madrid superklubi uchun tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘lgan.
“Qirollik klubi” rejasiga ko‘ra, iste’dodli futbolchi avvaliga “Real”ning ikkinchi jamoasida to‘p tepadi.
18 yoshli himoyachining transferi madridliklarga 120 ming evroga tushdi. Futbolchi bilan hamkorlik shartnomasi besh yilga tuzilgan.
Fati shu kunga qadar “Leganes”ning ikkinchi jamoasida o‘ynab kelgan. Unga avvalroq “Valensiya” ham qiziqish bildirgandi.
Fikrlar