Badavlat klub Yamalni “Barsa”dan olib ketish yo‘lini topdi

  • 24 mart, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng yorqin iste’dodlaridan biri Lamin Yamal PSJ rahbarlarining xotirjamligini o‘g‘rilagan.

Tecno

Parijlikoar anchadan beri 17 yoshli hujumkor futbolchini olishni ko‘zlab yuribdi. Yaqinda ularning 200 million evrolik taklifi “Barselona” xo‘jayinlari tomonidan rad etildi. Bu voqeani “Barsa” prezidenti Joan Laportaning shaxsan o‘zi ma’lum qilgandi.

El Nacional nashrining yozishicha, PSJ Lamin Yamalni olish fikridan qaytmagan. Ular o‘yinchiga ega bo‘lish uchun maxsus reja tuzdi.

Manbaga ko‘ra, “Pari Sen-Jermen” o‘z nishoniga bosim o‘tkazib, “Barselona” bilan yangi shartnoma tuzmaslikka chaqiryapti.  Agar Yamal Parijga keladigan bo‘lsa, unga Kilian Mbappe darajasida munosabat qilinishi aytilmoqda.

Yamalning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Kataloniyaliklar o‘z tarbiyalanuvchisi bilan uzoq muddatli yangi shartnomani yozda, Lamin 18 yoshga to‘lishi bilan imzolamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!