BAA terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri"

  • 4 iyun, 18:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadionida maydonga tushadi. 

Tecno

Mazkur bellashuv oldidan BAA terma jamoasi ustozi Kosmin Olariuning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

— Bizni bu guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biriga qarshi o‘yin kutib turibdi. Biz bu hafta mazkur o‘yinga ancha tayyorgarlik ko‘rdik. Bu katta o‘yin va katta jang. Biz ishonamiz va oxirigacha kurashamiz.  

— Men bu erga yordam berish uchun keldim. Jahon chempionatiga chiqish bu termaning orzusi va bu orzu amalga oshishi uchun katta ishtiyoq bilan yondashish kerak. O‘zbekiston Osiyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri, ammo men kareram davomida juda ko‘p kuchli termalarni ko‘rganman. Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi. Biz jang qilamiz. Menga futbolchilar qaerda o‘ynashi qiziq emas. “Al Ayn”, “Sharja” yoki boshqasi. Kim o‘ynashga munosib bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!