
BAA. Shukurovning jamoasi chempionlikka yaqin turibdi
Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" klubi bu tur o‘z maydonida "Al Ayn"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda jangovar durang natija qayd etildi - 2:2.
Shu tariqa "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 51 taga etdi va jamoaning 2-o‘rindagi "Al Ahli" bilan oradagi farq 10 ochkoga etdi. Chempionat tugashiga 5 tur qolganida esa Shukurov va uning jamoasini 5 ochko chempionlikdan ajratib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Otabek ayni vaqtda jarohatini davolatish bilan band.
BAA Pro-ligasi. 21-tur
"Sharja" - "Al Ayn" 2:2.
Fikrlar