Azmunning Italiyaga ketishi tobora oydinlashmoqda

  • 20 aprel, 2020, 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi "Zenit" forvardi Sardor Azmun bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya grandi vakillari allaqachon 25 yoshli eronlik futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Piterliklar esa uning transferini 25-30 million evroga baholashmoqda. Unga shuningdek “Sevilya” va “Atletiko” klublaridan ham takliflar bor.

Sardor Azmun joriy mavsum “Zenit” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rus klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!