Azmun "Zenit"da yana qancha o‘ynamoqchi?

  • 4 noyabr, 2019, 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Sardor Azmun ushbu jamoad yana uzoq muddat to‘p surish niyati borligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Har qanday futbolchi “Zenit” kabi top klubda muvaffaqiyatga erishsa, bu albatta uning jamoadoshlari, murabbiyi va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘lik.

Bizda ajoyb muxlislar bor. Sabr qilib, bizni barcha joyda qo‘llab-quvvatlashadi. Bizda o‘yinchiga qo‘shimcha yordam bera oladigan ajoyib futbolchilar va kuchli murabbiylar bor. “Zenit” da yana uzoq yillar to‘p suraman deb umid qilaman va biz bir-birimizga muvaffaqiyatga erishishda yordam beramiz”, - deydi eronlik futbolchi.

Ma’lumot uchun, “Zenit” Azmunni joriy yilning fevralida 12 mln evro evaziga “Rubin”dan sotib olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida piterliklar safida jami 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va 20 ta gol hamda 9 ta assistga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!