
Azmun EChLda qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytdi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hamda Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun bu safargi Chempionlar ligasida "Liverpul" g‘olib chiqishiga ishonmoqda.
“Chempionlar ligasida kim g‘olib bo‘ladi? “Liverpul”. Yurgen Klopp – eng zo‘r murabbiy. U kelgach jamoa butkul o‘zgardi”, - deydi Azmun.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar yarim finalda “Barselona”ga qarshi bahs olib borishadi. Ular o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bugun “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar