
Azmun "Bayer"dan ketmoqchi emas
"Bayer" klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun yaqin orada klubini o‘zgartirmaydi. Bu haqda uning agenti gapirib o‘tdi.
"To‘g‘risini aytsam, hozir Sardor jamoani tark etishi borasida o‘ylayotgani yo‘q. Ammo yozda yana transfer oynasi ochiladi. Shundan so‘ng barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz", - dedi Azmunning vakili.
Avvalroq, futbolchining yana Rossiyaga qaytishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Uning xizmatlariga "Zenit", "Lokomotiv" va "Sochi" klublari qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar