Azmun, uch nafar "Bavariya" futbolchisi va boshqalar! Bundesligada mavsumning eng yomon futbolchilari

  • 31 may, 2023, 11:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manuel Noyer Bundesliganing eng yomon futbolchilaridan biriga aylandi.  

Tecno

"Bavariya" darvozaboni dekabr oyida chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgandi. U dekabrga qadar 12 uchrashuvda maydonga tushgan. 

2022/23 yilgi mavsumni halokatli o‘tkazgan futbolchilarning ramziy terma jamoasi quyidagicha:

Darvozabon: Manuel Noyer ("Bavariya");

Himoyachilar: Jonjo Kenni ("Gerta"), Makoto Xasebe ("Ayntraxt"), Maksans Lakrua ("Volfsburg"), David Raum ("Leyptsig");

Yarim himoyachilar: Yulian Vaygl ("Borussiya" Menxengladbax), Rayan Gravenberx ("Bavariya"), Sado Mane ("Bavariya");

Hujumchilar: Alassan Plea ("Borussiya" Menxengladbax), Serdar Azmun ("Bayer"), Patrik Shik ("Bayer").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!