Azizjon G‘aniev: Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJ 50 foiz o‘yinini ko‘rsatdi

  • 10 yanvar, 2020, 17:36
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda U-23 Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqani O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi o‘yin bilan boshladi.

Tecno

Uchrashuvda garchi vakillarimiz Islomjon Qobilovning penaltidan kiritgan golidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lishsa-da, ikkinchi taymda o‘z darvozalaridan gol qo‘yib yuborishdi.

Bellashuvdan so‘ng terma jamoamiz vakili Azizjon G‘aniev O‘FA matbuot xizmatiga musobaqa, Eron bilan o‘yin va navbatdagi turlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat o‘yinchilari Top-10 ro‘yxatidan o‘zbekistonlik futbolchi o‘rin oldi (Foto)

- Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston OTJ o‘zining nechi foiz imkoniyatini namoyish etdi?

- Eron bilan bahsda o‘zimiz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Buni futbolchilar, murabbiylar ham aytib o‘tishdi. 50 foiz o‘yinimizni ko‘rsatdik. Dastlabki uchrashuv qiyin bo‘ldimi, hayajonmi, bilmadim. Mana Yaponiya ham mag‘lubiyatga uchradi. Boshqa jamoalar ham hali o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etmadi. Xudo xohlasa keyingi turda yuz foizlik o‘yinimizni ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilamiz.

9131578560262

- Demak, turnir davomida jamoamizdan o‘sishni kutsak bo‘ladi, shundaymi?

- Albatta, hali ishqibozlarga yoqadigan o‘yinlarimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonamiz.

- Ob-havodan kelib chiqib, keyingi bellashuvlar uchun vaqt etarlikmi?

- Navbatdagi bahsga tiklanish uchun vaqt etarlik. Shu bois ertalabdan engil mashg‘ulotlarni boshladik. Kechqurun Xitoy terma jamoasining o‘yinini va o‘zimizning avvalgi turdagi xatolarimizni ko‘rib, xulosa chiqaramiz.

- Eron bilan bellashuvda g‘alabani ushlab qolish uchun jamoamizga nimalar etishmadi va navbatdagi turlardan oldin qaysi jihatlarimizni kuchaytirishimiz kerak?

- Forslar bizni ancha yaxshi o‘rganib chiqishgan ekan. Uzun paslarimizni ham bilib olishganligi bois futbolchilarga o‘ynashga imkoniyat berishmadi. Endi keyingi turda uslubimizni biroz boshqacharoq qilib, kutilmagan taktika orqali ijobiy natija ko‘rsatamiz.

4541578576207

- Guruhdan chiqib olsak, muxlislar o‘ylayotganidek uyog‘i oson kecharmikin yoki Osiyoda jamoalarning darajasi tenglashib qoldimi?

- Musobaqada kuchli jamoalar jamlangan. Guruhdan chiqsak, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurashamiz. Nasib qilsa,  muxlislarni xursand qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SCAUT
10/01/2020 18:09
​​Murabbiy imzosi????

Tailandda start olgan Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati ilk turida O‘zbekiston termasi Eron bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvda terma jamoamizdan o‘yin borasida ko‘p narsa kutgandim deya olmayman. Ammo muxlis sifatida men ham g‘alaba kutganim rost. Har holda 2019-yil sentabrida Toshkentdagi (bittasi Olmaliqda) o‘rtoqlik o‘yinlarida Drulovich shogirdlari forslarni ishonchli tarzda mag‘lub etgani kutish uchun bir sabab bo‘lsa, uning amaldagi chempionligi ham bir sabab edi-da.

Musobaqaning ilk turi hech qachon oson kechmagan. Biroq vazifa Tokio—2020 ga yo‘l olish kerak ekan, xoh birinchi xoh oxirgi o‘yin bo‘lsin, har qanday raqibni yutish shart bo‘ladi. O‘zbekiston “o‘lim guruhi”da. Biroq bu ham bahona uchun sabab emas.

Boshqalarni bilmadim-u, ammo terma jamoa o‘yinida Drulovichning imzosi ko‘rindi. Futbolchilar erkin, o‘zlari xohlagandek o‘ynashga harakat qildi. Albatta, murabbiy bunga ruxsat bergani diqqatga sazovor. Biroq bu o‘z samarasini bermadi. Ko‘p holatlarda to‘p juda tez yo‘qotildi. Buning uchun Jasur Yaxshiboyevning to‘pni yo‘qotib qo‘yaverganini esga olish kifoya. Qanot himoyasida harakatlangan Alijonovlar esa o‘zlaridan kutilgan o‘yinni namoyish qila olgani yo‘q. Darvozabon borasida ham o‘yin davomida xavotirlar bo‘lib turdi. Eronliklarning jismoniy jihatdan baquvvatligi va o‘ta zich himoyaviy o‘yini O‘zbekistonning hujumlarini to‘sdi, to‘xtatib qo‘ydi. Umid qilamiz, Xitoy va Koreyaga qarshi bahsda bunday bo‘lmaydi.

Uchrashuv haqida qanday tahlil, munosabat va tanqidlar bo‘lmasin, u haqida so‘zlovchi eng yaxshi vosita bu — stastika.

Oʻzbekiston — Eron (1:1) uchrashuvi stastikasi esa quyidagicha ko‘rinish oldi

O‘zbekison—Eron
Gollar: 1-1
Zarbalar: 9-16
Aniq zarbalar: 2-3
Bloklangan zarbalar: 2-5
Zarbalar aniqligi: 22,2%-18,8%
Paslar: 497-271
Uzun paslar: 43-71
Paslar aniqligi: 87,1%-67,9%
Krosslar: 8-19
Krosslar aniqligi: 25%-36,8%
Toʻp bilan muomala: 63,8%-36,2%
Offsayd: 0-1
Burchak toʻpi: 1-4
Qoida buzish: 11-11

Navbatdagi o‘yin 12-yanvar kuni Xitoyga qarshi kechadi. Mazkur o‘yinda g‘alabadan boshqa natija O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Unday bo‘lmasligini esa 33 mlndan oshgan O‘zbekiston xalqi juda ham xohlaydi.
&
JASUR3838
10/01/2020 17:44
Aziz omad san jamoada hali cheroyli gollar urasan biz singa ishonamiz. Olg'a uzb
Лазизбек Каримов
10/01/2020 20:20
Galaba qozonish uchun qizgonchiq va maqtanchoq Yaxshiboevni tushirmaslik kerak.Endi bildim nega paxtakor sotvorganini
&
SCAUT
10/01/2020 18:04
Bollar negadir sust harakat qilishdi gazzini bosinglar yigitlar nimadan qo'rqyapsizlar ahr sizlarni butun O'zbekiston qo'llab quvvatlamoqda
&
Bahriddinjon
10/01/2020 23:25
Eron bilan uyinda 50%busa Xitoy va Koreyaga qarshi uyinda 150% bosillar bollar olga O'zbekiston!!! Hali barchasi oldinda yigitlar.
Alishoh Olimov
10/01/2020 22:35
Aziz o'zingni ko'rsat seni Top5 kutayapti
SHAXBOZ Bekmurodov
10/01/2020 18:22
Azizjon G‘aniyev sen buyuk jamoda o‘ynaysan seni jamoang yane NASAF Osioda o‘rni bor shunday ekan sening yilkangda katta masuliyat bor nima bo‘lgandayam omad olg‘a Azizjon olg‘a Nasaf olg‘a O‘zbekistoooooooon
&
SCAUT
10/01/2020 18:05
Olg'a O'ZBEKISTON