Azizbek Abdug‘ofurov jiddiy jang oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)

  • 28 aprel, 2022, 21:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov 29 aprel kuni Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida anchagina jiddiy raqib, sobiq jahon chempioni Fedor Chudinovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Abdug‘ofurov 76,2 kg, Chudinov esa 75,7 kg tosh bosdi. Jang 23:00 dan so‘ng Ren TV telekanali orqali namoyish etiladi.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
29/04/2022 09:39
Азизбекка факат омад тилайман! Аввалги жанг тасодифлигини исботлай олишига ишонаман.