
Aziz Turg‘unboev oldida bir necha variantlar bor!
O‘zbekiston terma jamoasi va hozirda erkin agent bo‘lib turgan Aziz Turg‘unboev oldida faoliyatini davom ettirishi uchun bir necha takliflar bor.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchi Eron klublari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Shuningdek, unga BAA va Qatar jamoalaridan xam takliflar bor.
Futbolchining "Paxtakor" a’zosiga aylanish ehtimoli pasayib ketdi. Aziz legionerga aylanmasagina, Toshkentga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Turg‘unboev o‘tgan mavsumni Turkiyaning "Sivasspor" klubida o‘tkazdi.
Fikrlar