Aziz Turg‘unboev "Navbahor"ga qaytmoqda

  • 7 aprel, 2021, 14:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 5-turini boshlab beradigan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahs 18:30da start oladi. O‘yin "Sport" telekanali orqali va internetda jonli efirda namoyish etiladi.

Tecno

Evropada katta bellashuvlar arafasida qaysidir nomdor futbolchi sobiq jamoasiga qarshi safarda maydonga tushsa, u o‘sha erga qaytgani yoki uyiga kelayotgani borasida afishalar, rasm va karikaturalar ko‘payadi. Ular sobiq jamoasiga gol ursa nishonlamasligi ham bor gap. Misol uchun, Krishtianu Ronaldu "Real"da o‘ynab yurgan kezlari "Manchester Yunayted" bilan EChL musobaqasida to‘qnashganida uning Manchesterga qaytishi juda katta voqelikka aylangandi. Gol urgan vaziyat ham esingizdadir?!

Bugun ham o‘zbek futbolida shunga o‘xshash holat. To‘g‘ri, Ronaldu bilan qaysidir futbolchimizni solishtirib bo‘lmaydi. Biroq muxlislari ko‘p bo‘lgan "Navbahor" stadioniga jamoaning sobiq futbolchisi Aziz Turg‘unboev qaytsa, ishqibozlar uni qanday kutib olishini tasavvur qilavering. Boz ustiga u "lochinlar"ning printsipial raqibi safida.

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvining sharhlovchisi ma’lum

5731582805730

Aziz "Navbahor"dan ketmadi, balki jamoa uni majburiyat yuzasidan transfer qildi. Turg‘unboev jamoadagi moliyaviy holat tufayli sotib yuborildi. Shuning uchun u maydonga tushadigan bo‘lsa, yaxshi kutib olinar. Ammo keyin uni stadiondagi tomoshabinlar bosim ostida qoldirishlari mumkin.

Turg‘unboevga bugun Namanganda o‘ynash oson bo‘lmaydi. Chunki ishqibozlar uning har bir harakatiga "munosabat" bildirishlari aniq. Chunki u "Paxtakor" libosida tashrif buyuradi. Azizning maydonga tushishi haqiqatga yaqinroq. Sababi u qanotda Sardor Rashidov bilan joy almashib harakat qiladi. Balki o‘yin Namanganda ekanligini inobatga olib murabbiy uning o‘rniga Hojimat Erkinovni maydonga tushirar. Har holda Piter Xyuistra bu stadionda qanday atmasfera bo‘lishini yaxshi biladi. Shuning uchun Turg‘unboevni bosimda qoldirmaslikka qaror qilar?!

"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinini JONLI EFIRda kuzatib boring (Videotranslyatsiya)

IMG_0060

Bugun nimalar ro‘y berishi, Turg‘unboev maydonga tushadimi yo‘qmi, barchasini uchrashuvdan so‘ng bilib olamiz. Ammo hozir shunisi aniqki, "Navbahor"ning oxirgi yillardagi eng yaxshi futbolchilaridan biri Aziz Turg‘unboev uyiga, "Navbahor"ga qaytmoqda...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!