Aziz To‘xtaboev: Biz hujum qilmasak, avtogollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi
"Bugun ochilish o‘yini edi va g‘alaba qozonishni niyat qilgan edik. Himoyadagi ikkita qo‘pol xato qimmatga tushdi.
Tan olaman, menda Pro litsenziyasi yo‘q. Ammo g‘alaba qozonib tursak, hech kim ishdan olinmasa kerak. Hujumchimiz Shaxboz Erkinovda jarohat bor edi. To‘g‘ri, bugun o‘yindagi barcha golni samarqandliklar kiritishdi. Ammo biz harakat qilmasak, raqib hech qachon avtogol sodir etmaydi. Bizning bosimimiz samarasi o‘laroq ushbu xatolar yuzaga keldi va gol kiritishga erishdik.
Quvondiq Ro‘ziev terma jamoa yig‘inidan kelib qo‘shilgan edi va shu bois uni ikkinchi bo‘limda zaxiraga oldim", - dedi Aziz To‘xtaboev.
Shahzod Xolboev, Baxtiyor Toshtemirov (foto)



Fikrlar