
Aziz G‘aniev jarohat oldi
"Shabab Al-Ahli" yarim himoyachisi Aziz G‘aniev Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 16-turidan o‘rin olgan "Al Vahda"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Aziz uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi. O‘yinning 57-daqiqasida hamyurtimiz jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga Alnuaymi bahsni davom ettirdi. Hozircha G‘anievning qachon safga qaytishi ma’lum emas.
Aziz joriy mavsum 14ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
Fikrlar