
Azarning "Real"da qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. U siz kutgan raqam emas
Mavsumlar oralig‘ida "Real"ga ko‘chib o‘tgan vinger Eden Azar yangi jamoasida qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra basketbolning ashaddiy muxlisi hisoblangan Azar o‘ziga 23-raqamni tanlagan. Boisi, Maykl Jordan va Lebron Jeyms kabi mashhur basketbolchilar aynan mana shu raqamda o‘ynashgan.
Aytish kerakki, “qirollik klubi”da 23-raqamda afsonaviy Devid Bekxem to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azar “Real”da 11 yoki 7-raqamni olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar