
Azar tamom bo‘ldi!
“Real” klubi direktori Pradrag Miyatovich jamoa tarixidagi eng qimmat transferlardan biri hisoblangan Eden Azarning o‘yini pasayib ketgani sabablarini aytdi.
32 yoshli hujumkor futbolchi La Liga doirasida “Xetafe”ga qarshi 61 daqiqa harakat qilib, yana o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
- “Real” Azar masalasida hech narsa qila olmaydi. Uni sotib bo‘lmaydi. Edenda futbol o‘ynashga ishtiyoq qolmagan. Klubimiz uni shartnoma bo‘yicha kelasi yili ham olib qolishga majbur, - dedi Predrag Miyatovich.
Azar joriy mavsumda Ispaniya chempionatida olti marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol urgan.
Fikrlar