Azar so‘nggi 5 ta Evropa ligasi finalida dubl qayd etgan 4-futbolchi bo‘ldi

  • 30 may, 2019, 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Boku shahrida Evropa ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda Londonning ikki grandi – “Chelsi” hamda “Arsenal” o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan o‘yinda “aristokratlar” hamshaharlariga hech qanday imkon qoldirishmadi va 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Shu kuni “Chelsi” vingeri Eden Azar o‘z nomiga dubl rasmiylashtirib qo‘yishga erishdi. E’tiborlisi, 28 yoshli belgiyalik futbolchi Evropa ligasining so‘nggi 5 yillikdagi finallarida dubl qayd etgan 4-futbolchi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bungacha Antuan Grizmann (2018 “Atletiko”), Koke Moreno (2016 “Sevilya”) va Karlos Bakka (2015 “Sevilya”) finalda ikkitadan gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!