
Azar "Inter Mayami"ga o‘tmoqchi emas
"Inter Mayami" Eden Azarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani borasida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo insayder Ekrem Konur futbolchini Mayami klubiga o‘tmasligini ta’kidlamoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Azar faoliyatini Evropada davom ettirishni istamoqda. Ammo qaysi klubga o‘tishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Eden mavsum so‘nggida "Real" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangandi.
Fikrlar