
Azamat Nuftillaevning Parijdagi jangini jonli efirda tomosha qiling (videotranslyatsiya)
O‘zbek MMA olamining yorqin vakillaridan biri, og‘ir vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan Azamat Nuftillaev "Arec Fighting Championship" promousheni o‘tkazadigan turnirda jang qilishi haqida xabar bergan edik.
"Ajdar" nomi bilan mashhur yurtdoshimiz bugun, 2 sentyabr kuni Parij shahrida tunislik Slim Trabelsiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ahamiyatli jihati ushbu bahs promoushenning chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Quyidagi havola orqali jang kechasini jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Ma’lumot uchun, jang kechasi 23:00, asosiy kart 00:30 da boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar