Aytganim bo‘lmasa, Manchesterdan ketaman!

  • 1 dekabr, 17:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim va klub xo‘jayinlari  o‘rtasida ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Bu haqda  Indykaila News nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Gap shundaki, portugaliyalik mutaxassis mutasaddilardan yanvar oyidagi qishki transferlar davrida jamoaga yuqori saviyadagi yarim himoyachini olib berishni talab qilmoqda.

“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiyning talabini qondirish uchun katta mablag‘ sarflashga ikkilanmoqda. Chunki Ruben Amorimning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Agar natijalar ijobiy ko‘rinish olmasa, rahbariyat bu mutaxassis bilan ham xayrlashishga tayyor.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik tobora kuchaymoqda va klub xo‘jayinlarining bosh murabbiy so‘ragan qimmatbaho yarim himoyachini taklif qilishdan bosh tortishi Amorimning iste’fosi bilan tugashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!