
Ayollar futboli. Hakamlarimiz Jahon chempionati doirasidagi Ispaniya - Meksika o‘yinida ishlaydi
Edita Mirobidova va Kristina Sereda ayollar o‘rtasidagi U-17 Jahon chempionatining navbatdagi o‘yiniga tayinlanishdi
Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan o‘rin olgan Ispaniya - Meksika bahsida o‘zbekistonlik hakamlar ishlaydi.
Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko‘maklashadi.
Mazkur o‘yin 15 oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar